Ularning yashash tarzi, turlarini oʻrganish, sonini aniqlash biologik xilma-xillikni saqlash va ilmiy kuzatishlar olib borishda muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi “2019-2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash Strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”dagi qarori ijrosidan kelib chiqib, Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tegishli ilmiy muassasalar va oliy taʼlim dargohlari bilan hamkorlikda suv qushlarining qishki sanogʻini oʻtkazish chora-tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, shu kunlarda Qoʻmita huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti mutaxassislari hamkorligida mamlakatimiz suv havzalari boʻylab qishlovchi qushlarning joriy yilgi qishki sanogʻi oʻtkazilayapdi.
Dastlabki sanoq ishlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Tolimarjon”, “Nogʻayli”, “Qamashi”, “Chimqoʻrgʻon”, “Qorabogʻ” suv omborlari va “Sechan koʻl”, “Achin koʻl” kabi tabiiy suv havzalarida amalga oshirildi. Oʻrganishlar davomida ushbu suv havzalarida noyob, mavsumiy va doimiy yashaydigan qushlarning 100 dan ortiq turi aniqlandi.
Endilikda reja boʻyicha ilmiy jamoa Surxondaryo viloyatidagi Amudaryo sohillari va “Janubiy Surxon”, “Uchqizil”, “Oqtepa” suv havzalarida qishlovchi qushlar sanogʻini oʻtkazish amaliyotini boshlashdi. Bu hududlarda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan kulrang turna, noyob tur hisoblangan Sibir turnasi, shuningdek, oq peshonali va kulrang gʻoz uchun qishlov joyi hisoblanadi.
Salimjon BOʻRIYEV,
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish
texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori,
qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi