Chalong politsiyasi boshlig'i polkovnik Kanayen Somrak erkakning qonida metamfetamin/amfetamin izlari topilganini tasdiqladi. Politsiyachining aniqlik kiritishicha, bu Matchay voqea sodir bo'lgan paytda giyohvand moddalar ta'sirida bo'lganini isbotlamaydi. Biroq, u noqonuniy moddalarni iste'mol qilganlikda ayblanadi.
Pxuket gubernatori Narong Vunsiuning ta'kidlashicha, Satit Maschay giyohvand moddalar bilan bog'liq ayblovlardan tashqari, agar ehtiyotizlik tufayli qayiqning beton to'siqqa urilishiga sabab bo'lgani aniqlansa, unga uch yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi yoki 60 000 bat jarimaga tortilishi mumkin, deb xabar beradi tengrinews.kz.