Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro kulolchilik forumi va koʻrgazma-savdosini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-yilning sentyabr oyida Fargʻona viloyatining Rishton tumanida oʻtkaziladigan Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosi logotipi uchun tanlov eʼlon qilingan edi.

Bugungi kunda Respublika “Hunarmand” uyushmasining info@handicraftman.uz elektron pochtasiga Tanlov ishtirokchilaridan 20 dan ortiq logotip namunalari taqdim etildi.

Xalqaro tadbirning nufuzi va ahamiyatini inobatga olib, ijodkorlarga keng imkoniyat yaratish va logotip nusxasining mukammal variantini tanlash maqsadida tanlov muddati joriy yilning 15-aprel sanasigacha uzaytirilganligini maʼlum qilamiz, deb yozmoqda “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati.