Muzokaralar chogʻida R.Minnixanovning shu yil iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi hamda qoʻshma loyiha va tashabbuslarni hayotga tatbiq etilishining joriy holati koʻrib chiqildi.

Vazirlik va idoralar rahbarlari amalga oshirilgan ishlar hisobotlarni taqdim etdilar hamda kelishilgan loyihalarni ilgari surish va mavjud masalalarni hal etish boʻyicha keyingi saʼy-harakatlari haqida soʻzlab berdilar.

Shuningdek, geologiya-qidiruv, neft-gaz, neft-kimyo, mashinasozlik, charm-poyabzal, axborot-kommunikatsiya va agrologistika sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ekspert va rahbarlar darajasida muntazam muhokamalar oʻtkazish hamda vazirlik, idora va yirik kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyalarning oʻzaro tashriflarini tashkil etish orqali yaqindan hamkorlik qilish mexanizmini yaratish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.