Xabarga ko‘ra, ushbu band foydalanuvchi shartnomasining yangilangan versiyasiga kiritilgan. Portal qoidabuzarlarga nisbatan choralar ko‘rilishini taʼkidladi.
Xususan, rasmiy hujjatda ko‘rsatilishicha, agar xaridor elektr pikapni birinchi yilida sotuvga qo‘ygan bo‘lsa, kompaniya undan 50 ming dollar yoki hatto uning to‘liq qiymatini to‘lashni talab qilishi mumkin. Bundan tashqari, nashrda qayd etilganidek, ushbu qoidani buzgan mijozlar qora ro‘yxatga kiritiladi va ular kompaniya mahsulotlarini sotib olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Biroq, Tesla hali ham fors-major holatlarida sotish imkoniyatini taqdim etdi. Qayd etilishicha, bunday vaziyatda mijozlar kompaniyani elektr pikap sotuvi haqida xabardor qilish majburiyatini oladi va u ustuvor xaridor bo‘ladi. Maʼlumotlarga ko‘ra, kompaniya o‘zi ushbu avtomobillarini sotib olish imkoni borligi ham ko‘rsatilgan. Bunda odometrdagi har bir mil uchun 25 sentdan chegirib tashlagan holda hamda avtomobilning texnik holatini inobatga olgan holatda avtomobilni narxlaydi. Agar Tesla kompaniyasi avtomobilni sotib olishdan bosh tortsa, egasiga uni ikkilamchi bozorda hech qanday sanksiyalarsiz sotishga ruxsat beriladi.