Jahonda infektsiya tarqalishi avj olayotgan hozirgi davrda respublikamizning sog'liqni saqlash tizimida 52 mingdan ortiq tez tibbiy yordam xodimlari (vrach xodimlar, o'rta tibbiyot xodimlari va haydovchilar) ham jonbozlik ko'rsatmoqda. Qarorda fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishga qo'shayotgan ulkan hissalari va Qurbon hayiti munosabati bilan tez tibbiy yordam xodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik rag'batlantirish to'lovlari belgilandi:
- vrach xodimlarga — 5 million so'm;
- o'rta tibbiyot xodimlari (fel`dsherlar va sanitarlar)ga — 4 million so'm;
- haydovchilarga — 3 million so'm.
Ushbu maqsadlar uchun O'zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi javrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq, respublika byudjetidan 100 mlrd so'm mablag' hamda taniqli tadbirkor vatandoshimiz A.B Usmonov tomonidan qo'shimcha ravishda 100 mlrd so'm (10 mln. AQSH dollari ekvivalentida) homiylik hayriyasi ajratildi.