Unda AQSH, Angliya, Germaniya, Frantsiya, YAponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya kabi mamlakatlarning Scopus, Web of Science va milliy ma'lumotlar bazasida indeksatsiyalangan nufuzli, xalqaro reytingi yuqori ilmiy jurnallarida chop etilayotgan eng zamonaviy, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun dolzarb ilmiy maqolalari saralab, sarlavha va annotatsiyalari o'zbek tiliga tarjima qilinmoqda.

Ilmiy axborot byulleteni bosh muharriri va loyiha rahbari, filologiya fanlari doktori, professor Muxtor Umarxojaevdan “Tezkor ilmiy xabarnoma” ilmiy axborot byulletenining afzalliklari haqida ma'lumot olishga harakat qildik.

Sarlavhada maqola mazmuni aks etishi lozim

— “Tezkor ilmiy xabarnoma” ilmiy axborot byulletenida 7 ta xorijiy tilda chop etilgan, eng dolzarb va yuqori reytingga ega ilmiy maqolalar sarlavhasi hamda maqolaning asosiy mazmuni haqida qisqacha annotatsiya berib o'tiladi.

Umuman, maqola uchun sarlavha juda katta ahamiyat kasb etadi. U o'quvchini aynan jalb qiladigan va maqola mazmunini aks ettiradigan tarzda qo'yilishi kerak. Biroq hozir kichik sarlavhalar qo'yish ommalashgan. Ammo ilmiy maqolalarda sarlavhalar, asosan, 3-4 qatorli jumladan iborat bo'ladi. O'quvchi sarlavha orqali ilmiy tadqiqot natijalari haqida xabardor bo'lishi mumkin. SHu sababli biz aynan dunyoning eng mashhur nashrlarida chop etilgan maqolalar mazmunini bayon etadigan sarlavhalar va annotatsiyaga e'tiborimizni qaratdik, — deydi Muxtor Umarxojaev.

Byulleten nega kerak?

— Respublikamiz oliy o'quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun ilmiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o'zbek tiliga tarjima qilish va bu jarayonni avtomatlashtirish uchun sun'iy intellekt platformalari asosida elektron lug'at, mobil ilova va tarjimon dasturlarini yaratish juda muhim masalaga aylandi.

SHu asnoda jahondagi nufuzli ilmiy jurnallarda dolzarb mavzularda yoritilgan maqolalarni “Tezkor ilmiy xabarnoma” ilmiy-axborot byulletenida nashr etib borish hayotiy zaruratdir.

Ma'lumki, shu paytgacha talabalar uchun zamonaviy fan va texnikaning eng so'nggi yangiliklari aks etgan hamda sohaga ixtisoslashgan ikki va ko'p tilli terminologik o'quv va tarjima lug'atlari etarli darajada emas edi. Bo'lg'usi olim ilm sohasida rivojlanishni istasa, unga o'zining faoliyatida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, yangiliklar va terminlarning ma'nosini bilish nihoyatda muhim. Ushbu ilmiy axborot byulletenida ana shunday vazifalarni amalga oshirish ham ko'zlangan.

Buning uchun xorijiy tillar mutaxassislarining turli fan sohalari vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan maqsadli hamkorligi orqali fan, ta'lim, ishlab chiqarish integratsiyasi va innovatsion kooperatsiyasini amalga oshirishni o'z oldimizga maqsad qildik.

Albatta, ushbu jarayonga iqtidorli talabalar va yosh olimlarni jalb qilish ham asosiy maqsadimiz. SHuningdek, axborot-resurs markazlari fondini muntazam yangilab borish uchun nashriyot va bosmaxona ishini yo'lga qo'yishni ham inobatga oldik.

Bundan tashqari, jahondagi etakchi tarjimashunoslik markazlari sanalgan Xalqaro tarjimonlar uyushmasi (FIT), YOzma va og'zaki tarjimonlar institutlari doimiy xalqaro konferentsiyasi (CIUTI), YOzma va og'zaki tarjimonlar xalqaro assotsiatsiyasi (IAPTI) va Germaniyaning Friedrich-Alexander-Universität Erlangen-Nürnberg, Universität Hildesheim, Frantsiyaning Universite de Lorraine lug'atshunoslik markazlari hamda lug'atshunoslikka ixtisoslashgan DUDEN, F.A.Vgoskhaus, Oxford University Press, Cambridge University Press kabi etakchi nashriyot uylari bilan maqsadli ilmiy-amaliy hamkorlik yo'lga qo'yiladi.

Bunday nom berilishiga sabab nima?

— Dunyo miqyosida ko'plab ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib boriladi. Birgina pandemiya davrini olaylik. Koronavirusni aniqlaydigan bir qancha texnologik usullar yaratildi. Ayniqsa, yaponiyalik olimlar tomonidan yaratilgan, koronavirusga chalingan insonning rangiga qarab tashxis qo'yadigan kamera ko'pchilikning diqqatini tortdi. Bu innovatsiyalarga qiziquvchi, ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar uchun qiziq va faoliyati uchun kerakli ma'lumot hisoblanishi turgan gap. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.

Biz jahon miqyosida sodir bo'layotgan har bir ilmiy izlanish bilan bog'liq maqolalarni tezkorlik bilan tarjima qilib, o'quvchilarimizga etkazib berish va zamon bilan hamnafas bo'lishni maqsad qildik. Ilmiy maqolalarni saralashda ularning bir necha naukometrik ko'rsatkichlari: Q-index, Hirsh-index, Impact fator, milliy reyting kabilar inobatga olinishini ham alohida ta'kidlab o'tishim joiz.

“elektron lug'at” mobil` ilovasi

— Loyiha doirasida Andijon lug'atshunoslik va tarjimashunoslik amaliy ilmiy innovatsiyalar markazi xodimlari tomonidan 5–11-sinflar uchun 11 tilli matematika, informatika, biologiya va sun'iy intellektga oid terminlarning “elektron lug'ati” mobil ilovasi taqdim etildi. Bu o'z o'rnida o'quvchilar uchun katta qulayliklar yaratib beradi.

Sevara ABDULLAEVA