Tibbiyotning yosh mutaxassislari konferensiyasi oʻtkazildi

    Salomatlik 1 May 2023 1201

    28-aprelda Toshkent shahrida “Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari” nomli yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

    Konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, akusherlik va ginekologiya markazi (RIAGIATM DK), Oʻzbekistondagi YUNFPA vakolatxonasi koʻmagida tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekistondan, shuningdek Qirgʻizistondan va Tojikistondan “akusherlik va ginekologiya”, “bolalar va oʻsmirlar ginekologiyasi” mutaxassisligi boʻyicha magistr va klinik ordinatorlar yigʻildi.

    “Bugun sizlarga oʻz tadqiqotlaring, qiziq klinik hodisalar, tajriba va gʻoyalaringni hamkasblaringiz bilan oʻrtoqlashish uchun noyob imkoniyat yaratiladi. Kelajakda sizlar jiddiy ilmiy ixtirolarga va innovatsion ishlanmalarga qoʻshilib ketishi mumkin boʻlgan oʻz ilmiy izlanishlaringizni davom ettirishlaringiz mumkin”, — dedi yoshlarga qarata murojaatida tibbiyot fanlari doktori, professor, Sogʻliqni saqlash vazirligi Fan va taʼlim boshqarmasi boshligʻi Oʻktam Ismailov.

    Oʻzining kirish soʻzida tibbiyot fanlari doktori, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIAGIATM DK) direktori Natalya Nadыrxanova yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish ayniqsa bugungi kunda dolzarb boʻlib turgan masala — yosh kadrlar malakasi va ilmiy salohiyatini oshirishning samarali formatlaridan biri ekanligini taʼkidladi.

    “Hozirgi paytda respublika sogʻliqni saqlash tizimining innovatsion rivojlanish, joriy etilayotgan texnologiyalarning doimiy takomillashtirilishi zarurati sharoitida zamon va zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimida uchraydigan holatlar talablariga javob berishi kerak boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash muhim rol oʻynaydi”, — dedi Markaz rahbari.

    Yosh mutaxassislar konferensiya maydonida nafaqat oʻz ilmiy izlanishlarini taqdim etish imkoniga ega boʻldilar, shu bilan birga bilimlarini, orttirgan tajribalarini oʻrtoqlashishga, kelgusidagi hamkorlik uchun umumiy manfaatlar topishga muvaffaq boʻldi.

    Yurtimiz tajribasi va xalqaro tajribalar bizning zamonda sogʻliqni saqlash tizimida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash — nafaqat bilim yurtlarining, shuningdek butun ilmiy va amaliy tibbiyot tizimining vazifasi ekanligiga shubha qoldirmaydi. Zamonaviy tibbiyot ilmiy ishlanmalar va ularning keyinchalik amalda joriy etilishi uchun ilgʻor platformalardan biridir.

    Yoshlarning amaliy tibbiyotga ilmiy yondashuvi sifatida RIAGIATM DK mutaxassislari Gulbahor Ismailova va Xushunra Ummatqulovalarning tugʻish jarayoniga ogʻriqsizlantirishning epidural anasteziya (EA) uslubining taʼsiri boasidagi tadqiqotlarini keltirish mumkin. Koʻpchilikka maʼlumki, ushbu uslub tugʻayotgan ayolning ahvoliga, fiziologiyasiga, neyropsixologiyasiga taʼsir oʻtkazib, unda kechadigan ogʻriqni sezilarli darajada pasaytiradi. Tadqiqot mualliflari maqsadli auditoriyani anketalashtirish natijalarini uslub va ularning ayolni qoniqtirish darajasi natijalari aspektlarini raqamlar va faktlar bilan isbotlab taqdim qiladilar.

    Bunday yondashuv konferensiyada taqdim etilgan barcha maʼruzalarga xosdir. Bunda ularning barchasi ishtirokchilarning oʻz tadqiqotlariga tayandilar va ishtirokchilarni munozaraga chorlab, maksimal darajada klinik qarorlarni oʻz ichiga oldi.

    Konferensiyada jami 20ta ogʻzaki va 20ta illyustratsiyali maʼruzalar taqdim etildi. Ekspert komissiya tomonidan yosh olimlarning eng yaxshi ilmiy izlanishlar eʼtirof etildi, konferensiyaning 6 nafar ishtirokchisi qimmatbaho sovrinlar bilan mukofotlandi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.