18-mart holatiga koʻra, asab sistemasini falaj qiladigan xastalik hozirgacha 4 nafar bolada aniqlangan, bemorlar polivirusga(sPVVP2) uchragan.
8-mart kuni JSST aniqlangan holatlar haqida maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, mamlakatda vaziyat ikkinchi darajadagi favqulodda holat sifatida tasniflagan.
Taʼkidlanishicha, sPVVP2 birinchi holati oʻtgan yil 22-noyabrda Xatlon viloyatida aniqlangan.
Maʼlumot uchun, Poliomiyelit - oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, bunda markaziy nerv tizimi zararlanadi. Falaj bilan yoki falajsiz kechadi. Xastalik, ayniqsa, bolalar oʻrtasida keng tarqalgan.