Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qarzdor va kreditor sudga murojaat etish huquqiga ega boʻlgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi, shuningdek, qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

Qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, qarzdorning oʻzi va kreditor qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.

Toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati, davlat statistika organlari vakolatli davlat organiga ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart.

Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi himoya qiladi.

Qonunning yana bir oʻziga xos jihati: endilikda ushbu qonun bilan jismoniy shaxslarni ham bankrot deb topish mumkin.

Qonun bilan sud boshqaruvchisining huquqlari kengaytirildi.