Yo‘lak PCN (pavement classification number) ko‘rsatkichlari — yo‘lak chidamliligi tasnifi raqami 69, tekisligi — 5, bu esa 285 tonnagacha yuklarga bardosh berish imkonini beradi.
Shuningdek, uchish-qo‘nish yo‘lagi ICAOning birinchi toifasiga mos keladigan zamonaviy energiya tejovchi yoritish uskunalari va qo‘nish tizimiga ega. Bu esa gorizontal ko‘rinish 800 m va vertikal ko‘rinishi 60 m bo‘lganda ham samolyotga qo‘nish imkonini beradi.
“Bugun biz yangilangan ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagini ochmoqdamiz. Yo‘lak oxirgi marta 1996 yilda rekonstruksiya qilinganini hisobga olsak, bu Toshkent aeroporti uchun juda muhim voqea. Uchish-qo‘nish yo‘lagining holati esa parvozlar xavfsizligini ta’minlashning muhim mezoni hisoblanadi.
Bundan tashqari, parvozlar soni har yili taxminan 50foizga oshmoqda. Hozir poytaxt havo bandargohida kuniga o‘rtacha 140 ta reys amalga oshirilmoqda. Toshkent esa "hab" — markazga aylanib bormoqda. Shu bois, o‘tgan yozda kapital rekonstruksiya qilish uchun uchish-qo‘nish yo‘lagini yopishga qaror qilingan edi”, — deya izoh berdi “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Rekonstruksiya loyihasi 120 milliard so‘mga baholanmoqda. Yo‘lakni rekonstruksiya qilish loyihasi Development infrastructure and design tomonidan ishlab chiqilgan. Ishlar esa “Dorkompleksnab Plus” OOO pudratchi tomonidan amalga oshirildi.
Qayd etish joizki, yangilangan uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nadigan birinchi samolyot “Ubzekistan Airways”ning Dubaydan Toshkentga HY-334 reysini amalga oshiruvchi samolyot bo‘ldi.