Maʼlumki, 2023-yilning 15-sentyabridan 15-oktyabrigacha Toʻqimachi bekatida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent markaziy vokzalidan harakatlanadigan yoʻlovchi poyezdlar mazkur muddat ichida Toshkent janubiy vokzalidan harakatlanishi haqida xabar berilgan edi.

16-oktabr sanasidan boshlab Toshkent markaziy vokzali oʻz faoliyatini avvalgi jadval boʻyicha boshlaydi. Mahalliy yoʻnalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin.

Yaʼni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “Oʻzbekiston” poyezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanuvchi yoʻlovchi poyezdlar avvalgidek, Toshkent markaziy vokzalidan harakatlanadi.

Hozirda Toshkent-Markaziy vokzali va Toʻqimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yoʻnalishlaridagi poyezdlar 16-oktyabr sanasidan boshlab Toshkent janubiy vokzalidan harakatlanadi.