Toshkent moliya instituti InnoWeek.Uz–2023 haftaligi doirasida bir qator kelishuvlarga erishdi

    Ta'lim 21 Oktabr 2023 1514

    Toshkent moliya instituti “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi yakunlari doirasida bir qator kelishuv va shartnomalar imzolashga erishdi.

    Jumladan, shu yilning 20-oktyabr kuni va hamkor tashkilotlar oʻrtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan memorandum, kelishuv va shartnomalarni imzolash marosimi oʻtkazildi.

    Toshkent moliya instituti tomonidan AT Xalq banki (bank va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish), JURU Energy Consulting (yashil iqtisodiyot, yashil moliyalashtirish sohasida loyihalarni amalga oshirish), Oʻzbekiston Auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (auditorlik, buxgalterlik xizmatlarini rivojlantirish, sohada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish), shuningdek, xususiy sektor vakillari “Uzimpexaloqa” MCHJ (elektron tijoratni rivojlantirish), “Durbek biznes” MCHJ (innovatsion taʼlim xizmatlari koʻrsatish), “Shox kosmas” MCHJ (moliyaviy savodxonlikni oshirish) va boshqa kompaniyalar bilan 10 dan ortiq umumiy qiymati 1,425 mlrd soʻmlik hamkorlik memorandumlari, kelishuv va shartnomalar imzolandi.