Ikkinchi muammo – tez yordam mashinalari muammosi: bugun tez yordam uchun 50 ta mashina Toshkentga, yana 32ta mashina ambulator tizim xizmatiga beriladi.
PZR apparatlari va tahlillar soni yetishmayotganligi muammosi: maʼlumotlarga koʻra, har kuni Oʻzbekiston boʻyicha 22 mingdan 24 minggacha analiz oʻtkazilyapti. Analizlar javob besh kungacha chiqmayapti, natijada tahlil topshirgan fuqaro oʻzi bemor yo bemor emasligini ham bilmasdan xalq ichida yuribdi.
Bugunning oʻzidan PZR apparatlari soni koʻpaytiriladi, ularni ishlatish uchun sharoit yaratiladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi eng katta muammolardan yana biri: zaxira koyka oʻrinlar yetishmasligi. Yana kerakli miqdorda koyka oʻrinlar tayyorlash boʻyicha topshiriq berilgan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyevning soʻzlariga koʻra, yigʻilishda epidemik surishtiruvlarni olib borishni tanqidiy koʻrib chiqish masalasi ham koʻtarilgan.
“Har bitta holat boʻyicha epidemik surishtiruvlarni oxiriga yetkazish va zanjirni toʻliq aniqlash vazifasi qoʻyildi”, – dedi Yusupaliyev.
Bosh sanitar vrachning soʻzlariga koʻra, kerak boʻlsa har bitta tumanda laboratoriyalar tashkil etish, buning uchun PZR apparatlari xarid qilish va ayniqsa kasallik oʻchoqlarida dezinfeksiya tadbirlarini kuchaytirish boʻyicha vazifalar ham belgilab berilgan.