Toshkent shahrida may oyida rejalashtirilgan issiq suvni oʻchirish jadvali eʼlon qilindi

    Veolia Energy Tashkent kompaniyasi Toshkent shahrida, jumladan, 6 ta tumanda may oyi uchun issiq suv taʼminotidagi uzilishlar boʻyicha jadvalini eʼlon qildi.

    “Biz taʼmirlash va profilaktika ishlarini, jumladan, klapanlarni almashtirish, tarmoq nasoslarini toʻliq tekshirish va almashtirish, elektr taʼminoti tizimlarini tekshirish, qozonxonalarning quvurlari va tegishli jihozlarini demontaj qilish va oʻrnatish, shuningdek, issiqlik almashtirgichlarda profilaktik ishlarni amalga oshiramiz”, — deya xabar berdi kompaniya.

    “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.

    Manzillar va oʻchirish sanalari:

    1. Mirzo Ulugʻbek tumani

    • 1-sonli “Yugnakiy-1” qozonxonasi (27-maydan 31-maygacha): Yugnakiy dahasi 6, 19−26, 26A, 26A-uylar,
    • 3-sonli “Geofizika” qozonxonasi (20−24-may): “Humoyun” dahasi, Elbusinov koʻchasi, 39−44-uylar, Doʻstlik koʻchasi 1−3-uylar;
    • 14/2- “Azamat-3” qozonxonasi (13-maydan 17-maygacha): TTZ-4: 1−15- va 24-uy;
    • 3/1 “Farobiy-3” qozonxonasi (6−10-may): 14−18, 46−52-uylar, 382-maktabgacha taʼlim muassasasi, 256-maktab, 120-maktab, 20-musiqa maktabi;
    • “Farobiy-1” 2/1-qozonxona (1-maydan 3-maygacha): Yugnakiy dahasi: 31, 32, 34−38, 44, 45-uylar, OPM-112;
    • “Qori Niyozi 1, 2” qozonxonasi (13-maydan 17-maygacha) — Qori Niyoziy, 1, 2-uylar.

    2. Shayxontohur tumani

    • “Termiz-1” qozonxonasi (6−8-may) — Samarqand Darvoza dahasi Termiz koʻchasi 1-uy;
    • “Termiz-2” qozonxonasi (13−15-may) — Samarqand Darvoza dahasi Termiz koʻchasi 2-uy;
    • “Yozuvchilar uyi” qozonxonasi (16−17-may) — Qozirobod 2-oʻtish yoʻli, 1−7-uylar.

    3. Mirobod tumani

    • “26 Boku komissarlari” qozonxonasi (6-maydan 10-maygacha) — Mirzo Jahongir koʻchasi, 6, 8, 8a, 11, 11/1-uylar, Kamalina koʻchasi 36-uy;
    • “57-sonli maktab” qozonxonasi (22-maydan 24-maygacha) — Erkin koʻchasi 9/5, 9/6-uylar, 57-maktab.

    4. Olmazor tumani

    • “Sagʻbon 30” qozonxonasi (1−2-may): Sagʻbon koʻchasi 30-uy.

    5. Yashnobod tumani

    • “Fargʻona yoʻli 95a” qozonxonasi (27-maydan 31-maygacha) — Fargʻona yoʻli koʻchasi, 95a, 1−13-uylar; Muxtor Ashrafiy koʻchasi, 32, 6-uylar, 231-maktab, 79-bogʻcha;
    • “Yangiobod” qozonxonasi (6-maydan 10-maygacha) — Ohangaran shossesi, 1−8-uylar, Aviasozlar-4 dahasi 68/1, 70-uylar, Donishmand koʻchasi 33, 33/1-uylar, Muruvvat koʻchasi 1/1, ½-uylar, 58-harbiy shaharcha dahasi 28-uy, 227-maktab, 230-maktab, 28-oilaviy poliklinika;
    • “22-Aviagorodok” qozonxonasi (20−24-may) — “Uchuvchilar shaharchasi” dahasi.

    6. Bektemir tumani

    • “Vodnik” qozonxonasi (13−17-may) — Suvsoz dahasi;
    • “Viza” qozonxonasi (20-maydan 24-maygacha) — Oltin topgan koʻchasi 3, 5, 8A, 8B, 8S, 15, 17, 19, 19A, 19B, 21, 23, 25, 27, 31A, 31B-uylar, Toshkent koʻchasi 34, 38, 40, 42, 44, 46, 48, 50, 52, 54, 56, 57−60-uylar, 570-bogʻcha.