Toshkent shahrining toʻrtta tumanida yana elektr energiyasi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

    Energetika 22 Iyun 2023 1389

    “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati Toshkent shahrining toʻrtta tumanida yana elektr energiyasi taʼminoti vaqtincha toʻxtatilishini maʼlum qildi.

    Unga koʻra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida bugun, 22-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:

    • Olmazor tumani: “Paxta” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
    • Yunusobod tumani: “Sandiq qoʻrgʻon” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
    • Yashnobod tumani: “Jarboshi” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
    • Mirzo Ulugʻbek tumani: “Gulsanam” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.

    “Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz”, deyiladi xabarda.

    Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻragan.