Oʻtkazilan nazorat tadbirlarida Yangiyoʻl tumani Madaniyat MFY hududida 4 tup shumtol (yasin) daraxti kesilgan holat aniqlandi. Davlat inspektorlari tomonidan holatga aniqlik kiritilganda 1984-yili Parkent tumanida tugʻilgan Oʻ.B. hamda 1967-yilda tugʻilgan U.A. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Huquqbuzarlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda tabitaga 412 milliondan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilgan.