Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar, Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 4-batalon YPX inspektori serjant B.Jumagulov tomonidan Koʻkcha Darvoza koʻchasida “Matiz” rusumli transport vositasi toʻxtatilib, haydovchining hujjatlarini tekshirilganda yoʻlovchi 1991-yilda tugʻilgan A.D.ning oʻzini tutishi xodimlarda shubha uygʻotgan yoʻlovchining maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib rasmiy qidiruvdaligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.