Ushbu holat, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Yakkasaroy tumani inspektorlari tomonidan oʻrganildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida“gi Qonuniga muvofiq yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish maqsadidagi Vazirlar Mahkamasining 736-sonli qaroriga binoan, 1 dona timsoh bolasi Toshkent hayvonot bogʻiga dalolatnoma asosida topshirilgan.