Jumladan, tuhmat qilganligi uchun 2018–2022-yillarda 11 574 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Ayni shu davrda OAV yoki internet orqali ushbu jinoyatni sodir etgan 28 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

OAV va internet tarmogʻi orqali haqorat qilish bilan jinoyatini sodir etganligi uchun 2020-yilda 16, 2021-yilda 31, 2022-yilda 58 nafar shaxslar sud tomonidan aybdor deb topilib, tegishli javobgarlikka tortilgan.

Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun 2021-2022-yillarda 159 kishi maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, axborot maydonida tuhmat, haqorat, shaxs qadr-kimmatini kamsitish kabi jinoyatlarga qarshi kurash bugun paydo boʻlib qolmagan, balki soʻz erkinligini taʼminlash bilan parallel ravishda muntazam kechayotgan jarayondir.

Adliya vazirligi mazkur holatlarning amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanganligini yana bir bor eslatadi.