Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi  tomonidan Sirdaryo daryosining Mingbuloq va Toʻraqoʻrgʻon tumanlari hududidan oqib oʻtgan  qismida nazorat tungi reyd tadbiri oʻtkazildi.

Reyd tadbiri davomida  1 dona qayiq va akkumulyator hamda qoʻlbola yasalgan elektr qarmoq bilan noqonuniy baliq ovlayotgan ikki nafar shaxs aniqlanib, ulardan ashyoviy dalil sifatida 6 dona baliq, qayiq va qoʻlbola qarmoqlar olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tumani IIB xodimlari bilan birgalikda dalolatnoma rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb yozyapti Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati.