Anqara shahridagi “Hece Yayinlari” nashriyotida chop etilgan toʻplam shoir va tarjimon Hamza Oʻzturkchi tomonidan tayyorlangan. Toʻplamdan oʻttiz nafar oʻzbek adiblarining hikoyalari hamda ikkita adabiy suhbat oʻrin olgan.
Erkin Aʼzam, Oʻtkir Hoshimov, Nurali Qobul, Nazar Eshonqul, Luqmon Boʻrixon, Ulugʻbek Hamdam kabi ustoz ijodkorlardan tortib, Jasur Kengboyev, Nodirbegim Ibrohimova, Javlon Jovliyev kabi yosh ijodkorlarning ham ijodiy ishlari oʻrin olgan toʻplam turk oʻquvchilari tomonidan qizgʻin kutib olinyapti, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
– Bu toʻplam har oʻn yilda bir marta yigʻilib, nashrga tayyorlanadi, – deydi suhbatda tarjimon Hamza Oʻzturkchi. — Kamina oʻzbek adiblarining asarlarini toʻpladim va tarjima qildim. Jarayon juda qizgʻin kechdi. Chunki oʻzbek yozuvchilarining asarlari, hikoyalari oʻz tili, milliy ruhdaligi bilan oʻquvchini oʻziga tortadi. Bunday asarlar adabiy rishtalarni mustahkamlashga xizmat qiladi, albatta.