TURKSOY tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Turizm 27 Fevral 2023 1215

    Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov hamda TURKSOY tashkilotining bosh kotibi Sultan Rayev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Maʼlumot uchun, 26–19-yun kunlari Toshkentdagi Xalqaro anjumanlar saroyida TURKSOYning 30 yilligiga bagʻishlangan «Turk madaniyati kunlari» boʻlib oʻtadi. Unda tashkilotga aʼzo davlatlardan bir qator sanʼatkorlar ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, tadbirda «TURKSOY fotokoʻrgazmasi», «Turk dunyosi rasmlari koʻrgazmasi», «Turk dunyosi ustalarining amaliy sanʼati koʻrgazmasi», «Turklar nashrlari koʻrgazmasi», «Turk dunyosi milliy liboslari koʻrgazmasi» kabi turk dunyosi madaniyati aks etgan bir qator koʻrgazmalar ham tashkil etiladi. Qolaversa, TURKSOY tashkilotiga aʼzo davlatlar sanʼatkorlari ishtirokida madaniy-koʻngilochar tadbirlar ham tashkil etiladi.

    Taʼkidlash kerakki, uchrashuvda Fargʻona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda 2023-yil davomida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlar yoʻl xaritasi ishlab chiqildi.

    Shuningdek, Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida Fargʻona viloyat hokimi oʻrinbosari, Sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi Xurshid Ahmedov TURKSOY tashkilotining Bosh kotibi bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida universitet va tashkilot oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. Shu bilan birga, Fargʻona viloyatida boʻlib oʻtadigan ilmiy-amaliy xalqaro anjumanlarni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar bildirildi.

    Bundan tashqari, joriy yilda universitetda TURKSOY tashkiloti tomonidan TURKSOY xonasini ochish masalalari ham koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.

    TURKSOY 1993 yilda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Turkiya oʻrtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan. Keyinchalik tashkilotga boshqa davlatlar kuzatuvchi sifatida qoʻshildi.

    TURSKOY tashkilotining maqsadi turkiy xalqlarning maʼnaviy yaqinligi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning anʼanalarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.