Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga a'zo davlatlarda O'zbekistonning boy madaniyati va turizm imkoniyatlarini keng targ'ib etish maqsad qilgan fotograflar Samarqandga yetib kelishdi.
14 ta davlatdan kelgan, nufuzli nashrlarda faoliyat ko'rsatuvchi fotograflar o'z media materiallarida Samarqandning tarixiy diqqatga sazovor va turistik joylaridan tashqari etnografik an'analarni ham aks ettirishni rejalashtirgan.
Ma'lumot uchun, fotograflar yurtimizning barcha viloyatlarida bo'lishi ko'zda tutilgan.