Bu haqda RIA Novosti oʻz sahifalarida bayon qilgan.

Twitter ning mahsulotlarni boshqarish boʻyicha direktori Syuzin Ksining soʻzlariga koʻra, yangi funksiya may oyidan beri cheklangan foydalanuvchilar oʻrtasida sinovdan toʻliq ravishda oʻtkazilgan.

“Baʼzan odamlar ularning mulohazalariga kim javob berishini oldindan bilishsa, bu ularga mavzu haqida gapirish uchun oʻzgacha zavq bagʻishlaydi”, deyiladi kompaniya bayonotida.

Twitni haqiqatan ham joylashtirishdan oldin foydalanuvchilar unga kim javob berishi mumkinligini tanlash uchun uchta imkoniyatdan foydalanadilar. Birinchisida - barcha foydalanuvchilar, ikkinchisida – faqat siz obuna boʻlganlar, uchinchisida esa faqat nashrning oʻzida qayd etilganlar.

Avvalroq Sputnik radiosi Twitter vakillari Xitoyning Tik Tok video xizmati bilan birlashish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun muzokaralar olib borganini xabar qilgan edi.