Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida oʻqitish samaradorligini oshirish hamda fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, kadrlar tayyorlash sifatini jahon standartlari darajasiga koʻtarishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu maqsadlarga erishish, oʻz navbatida, jahonning taʼlim sifati boʻyicha ilgʻor davlatlari bilan oʻzaro tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyish, hamkorlik rishtalarini mustahkamlash kabi dastlabki saʼy-harakatlarni talab qiladi.

Xalqaro oʻqitish tizimiga integratsiyani jadallashtirishda yurtimiz oliy oʻquv yurtlari dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyayotganini taʼkidlash joiz. Jumladan, AQSH universitetlari bilan oʻzaro integratsiyalashuvga doir munosabatlar izchil tus olmoqda. Ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish, professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalarning xalqaro grantlardagi ishtirokini taʼminlash kabi qator masalalar yuzasidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-oʻqituvchilaridan iborat guruhning AQSH universitetlari faoliyati bilan yaqindan tanishuvi samarali oʻtdi. Safar davomida Missuri universitetining tadbirkorlik subyektlari bilan innovatsion korporativ hamkorligi, startap loyihalar realizatsiyasi, bitiruvchi talabalar va doktorantlar tomonidan tashkil qilinadigan kichik tadbirkorlik faoliyatiga oid tajribalar haqida maʼlumotga ega boʻldik.

Missuri universiteti bilan imzolangan memorandum asosida professor-oʻqituvchilar, talaba lar almashinuvi, ilmiy kollaboratsiya sohasida hamda ilmiy innovatsion, akademik faoliyatning samarali jihatlari boʻyicha uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish taklifi ilgari surildi. Mazkur universitet Missuri shtatidagi ikkita eng yirik oliy taʼlim muassasasidan biri boʻlib, unda 26 ming talaba oʻqiydi.

Chet eldan kelib taʼlim olayotgan yigit-qizlar soni qariyb 1,5 ming nafar. Ular asosan, Xitoy, Hindiston,  Rossiya, Sharqiy Yevropa mamlakatlari va Janubiy  Amerika davlatlaridan kelgan. Oliy taʼlim muassasasida xorijlik talabalarni keng jalb qilishda hududiy diversifikatsiya siyosatini yuritish istiqbolli boʻlib, xususan, hozirgi paytda Missuri universitetida oʻzbekistonlik ikki talaba bakalavr bosqichida tahsil olmoqda. Shuningdek, FEP xalqaro granti asosida yana ikki hamyurtimiz — ilmiy xodim faoliyat koʻrsatayotgani maʼlum boʻldi. Ikkalasi ham Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq bitiruvchilari.

Muloqotlarda bundan keyin ham bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida talabalar almashinuvini kengaytirishga oid masalalar muhokama qilindi. Jumladan, xalqaro qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil qilish, bakalavr 2+2, magistratura 1+1, maqsadli doktorantura 2+1 formatlarida almashuv dasturlarini ishlab chiqishdagi imkoniyatlar atroflicha oʻrganildi. Har ikki universitetda taʼlim, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilishning umummetodologik va farqli jihatlari, oʻxshashlik va uygʻunlashtirish imkoniyatlari, innovatsiyalar transferiga oid mexanizmlar borasida fikr almashildi.

Mezbonlar istiqbolda universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda Markaziy Osiyo mamlakatlari ustuvor ahamiyat kasb etishi, bu jarayonda, ayniqsa, mamlakatimizdagi demokratik islohotlar AQSH universitetlari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinayotganiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Oʻzbekistonda keyingi yillarda taʼlim tizimidagi islohotlar, xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi taʼlim jarayonini modernizatsiyalashdagi xalqaro standart va tajribalarni keng joriy etish bilan bogʻliq yangilanishlar ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi istiqbolli hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynashi taʼkidlandi.

Safar davomida Missuri universiteti akademik faoliyati, xususan, biznes maktablari, yoʻnalishlari, ilmiy va akademik salohiyati bizni qiziqtirdi. Maʼlum qilinishicha, universitetda turli yoʻnalishlar boʻyicha 7 ta kollej mavjud boʻlib, ularning eng yirigi biznes kolleji. Qariyb 4,5 ming yigit-qiz oʻqiydigan tibbiyot kolleji ikkinchi oʻrinda turadi. Ularning taʼlim tizimi toʻliq kredit-modulga asoslangan. Xorijlik talabalarga bir semestr uchun shartnoma summasi 8 ming AQSH dollari. Mahalliy talabalar shuning yarmini toʻlab oʻqishi mumkin.

Biz hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda talabalar almashinuvi dasturi boʻyicha chegirmalar berish maqsadga muvofiqligini aytdik. Missuri universiteti maʼmuriyati ushbu taklifni maʼqulladi va oʻzaro kelishuvga asosan, qaror qabul qilishga kelishildi. Professor-oʻqituvchilar uchun dars yuklamalari taqsimoti, umumiy yuklamalar, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv soatlari, asosiy shtatda ishlovchilar faoliyatiga akademik hamda ilmiy talablar, KPI tizimi toʻgʻrisida fikr almashdik.

Startap loyihalarni, davlat-xususiy sheriklik formatlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, universitetda endoument fondlar faoliya ti boʻyicha ilgʻor tajribalar oʻrtoqlashildi. Universitetning oʻtgan yildagi ilmiy salohiyati 77 foizni tashkil qilgan. Doktorantura taʼlim bosqichidagi dissertatsiya tadqiqotlari tashkil qilish va AACSB milliy akkreditatsiya tizimi faoliyatiga oid oʻrganishlar olib borildi.

Missuri universiteti iqtisodiyot departamenti faoliyati bilan tanishish va hamkorlik imkoniyatlari muhokamasida unda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdik. Departamentda 9 professor faoliyat yurityapti. Asosiy yoʻnalish sifatida xulq-atvor iqtisodiyoti, eksperimental iqtisodiyot boʻyicha fundamental tadqiqotlar oʻtkazilmoqda. Muloqot yakunida Missuri universiteti iqtisodiyot departamenti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedralari oʻrtasidagi qator yoʻnalishlarda hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Universitet iqtisodiyot departamentida oliy taʼlim muassasamiz professor-oʻqituvchilari uchun xulq-atvor iqtisodiyoti, eksperimental iqtisodiyot, amaliy ekonometrika, maʼlumotlar tahlili fanlaridan qisqa muddatli fakultativ  kurslar tashkil qilish masalasi koʻrildi. Iqtisodiyot departamenti professor-oʻqituvchilarini onlayn va oflayn rejimda muassasamizda amaliy ekonometrika, maʼlumotlar tahlili fanlarini oʻqitishga jalb qilish kabi istiqbolli mavzular koʻtarildi.

Oʻrganilgan tajriba shundan iborat boʻldiki, bakalavriat va magistratura taʼlim bosqichlari oʻquv rejasidagi mutaxassislik fanlari oʻta harakatchan (mobil) boʻlib, ushbu fanlar amaliyotning real talablari asosida doimiy yangilab boriladi. Professor-oʻqituvchilarning doim iy yangilab boriladigan ushbu fanlar boʻyicha nazariy bilim va koʻnikmalarini amaliy tajribalar orqali must ahkamlash maqsadida ular uchun tadbirkorlik subyektlari bilan doimiy muloqotda maxsus koʻprik vazifasini bajaruvchi E-Factory markazi faoliyat koʻrsatadi.

Missuri universiteti “Universitet 3.0” modeliga asoslangan kuchli tizimli taʼlim klasteri formatida rivojlanmoqda. Jumladan, taʼlim jarayonini takomillashtirish, ilmiy innovas ion faoliyatga yoʻnaltirilgan taʼlim jarayoni tufayli nafaqat professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar, balki talabalarning kreativ ilmiy innovatsion gʻoyalariga asoslangan yangi biznes yoki startap loyihalarni realizatsiya qilish boʻyicha katta tajribaga egaligiga guvoh boʻldik. Ushbu gʻoya va innovatsiyalar transferi tizimida maxsus E-Factory markazining ahamiyati yuqori boʻlmoqda.

Biz uchun Ye-Factory joylashgan kampusga sayohat tashkil qilindi. U yerda real amaliy muammolar bankini shakllantirish uchun kelgan tadbirkorlik subyektlari xodimlari bilan muloqotda boʻldik. Missuri universiteti bakalavr taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun fanlarni shakllantirishda biznesdagi real muammo yoki ehtiyojlarni inobatga olish va oʻquv kurslarini tanlash mexanizmi xususida maʼlumot berildi.

Mazkur markaz faoliyatining yana bir qiziqarli jihati shuki, universitet bitiruvchilarining yangi startap loyihalari asosida mustaqil biznesni tashkil qilish uchun maxsus moliyalashtirish amaliyoti mavjud. Bunda universitet yangi gʻoyalarni tijoriylashtirish bilangina emas, balki yangi biznes tuzilmalarni yaratish orqali gʻoyalarni realizatsiya qilish amaliyoti bilan ham shugʻullanmoqda. AQSH universitetlari boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus, hatto maktabgacha taʼlim muassasalari bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi.

Ushbu hamkorlik taʼlim tizimining har bir bosqichida oʻquvchi-talabalarning bilim va koʻnikmasini shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim jarayonini tizimli dasturlarga asosan tashkil qilishga tayanadi. Uchrashuvda universitetlar dastlabki hamkorlik aloqalarini tashkil etish yoʻnalishlari kelishildi. Jumladan, har ikkala universitet oʻrtasida akademik va ilmiy innovatsion faoliyatga doir aloqalarni rivojlantirish boʻyicha kelishuvlar muhokama qilindi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar, uning istiqbolli strategik rejasi, anʼanalari, ilmiy innovatsion va akademik salohiyati toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtildi. 90 yillik yubileyiga oid qisqa muddatli videolavhalar koʻrsatildi. Dastlabki natija sifatida universitet professori Haynes Millerning Oʻzbekistonga kelishi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mashgʻulotlar oʻtkazishiga kelishib olindi.

Bu mashgʻulotlar, asosan, matematik statistika, ilmiy-tadqiqot metodologiyasi kabi fanlar boʻyicha tashkil etilishiga kelishildi. Bunday ikki tomonlama ishonchli hamkorlik yangi Oʻzbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotida  inson resurslari boyishi va intellektual kadrlar yetishtirib berishga xizmat qiladi.