UzAuto Motors shartnoma berishni bir kunda toʻxtatdi. Nega?

    Transport 5 Avgust 2023 2238

    UzAuto Motors bugun, 5-avgustda esa shartnoma berish toʻxtatilganini maʼlum qildi.

    UzAuto Motors kecha 4-avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qoʻshimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini maʼlum qilgan edi.

    Kompaniya tarыatgan maʼlumotga koʻra, Chevrolet Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillarining 2023-yil uchun qoʻshimcha partiyasiga kontraktatsiyaning dastlabki 2 kunida toʻliq shartnoma tuzildi. 4–5-avgust kunlari ushbu avtomobil modellarini xarid qilish uchun 50 000 dan ortiq shartnoma imzolandi.

    Qayd etilishicha, shartnomalarning bir qismi boʻyicha toʻlov oʻz vaqtida, 7 kalendar kunidan keyin amalga oshirilmasa ushbu shartnomalar yana qayta kontraktatsiya uchun ochiq boʻladi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda avtosalonlarda aks etgan holatlar videolari tarqala boshladi. Unda odamlar shartnoma tuzish uchun kelib, navbat sababli janjallar yuzaga kelganini koʻrish mumkin.