Uzbekistan Airways 2023-yilning 18-martidan 22-martigacha Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarining ekonom va bizness klass tariflariga 21 foizlik chegirma eʼlon qildi.

Chegirma shartlari quyidagicha:

  • Chegirmalarni birlashtirish (bolalarniki bundan mustasno) taqiqlanadi;
  • Yuqoridagi chegirmalar 2 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun (INF) amal qilmaydi;
  • 2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 25 foiz bolalar chegirmasiga qoʻshimcha ravishda 21 foiz chegirma taqdim etiladi;
  • Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yigʻimlarga nisbatan qoʻllanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi.

Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi boʻlgan yoʻlovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;

Toʻliq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar joʻnash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga toʻgʻri kelmasa, toʻliq tarif darajasiga chegirmalar qoʻllanilmaydi.