Mehmonxona Yakkasaroy tumani Qushbegi ko'chasida joylashgan bo'lib, 75 xona va 150 o'ringa mo'ljallangan. Sertifikatlashtirish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo'lib, avvalo tashkilotda yuqori yoki o'rta bo'g'inda faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimi xavfsiz xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus o'quv kurslarida ta'lim olishi va yakuniy testdan o'tishi, keyin esa tashkilotda OʻzDSt37.001 “Turistik industriya ob'ektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko'rsatishga doir tavsiyalar” davlat standarti talablarini joriy qilgan holda sertifikatlashtirish uchun ariza topshirilishi lozim. Ta'lim olish va sertifikatlashtirish onlayn tarzda, http://safetravel.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi. Ta'kidlash lozimki, “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi turizm industriyasining barcha ob'ektlarida sanitar-gigienik xavfsiz xizmat ko'rsatishni nazarda tutadi. Bunda sayyohlar aeroport yoki vokzalga kelib tushganidan so'ng ularni kutib olish, transfer, joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari, madaniy, tarixiy, ziyorat va ko'ngilochar ob'ektlarda bo'lishlarida xavfsiz xizmat ko'rsatiladi. Mazkur ob'ektlarning barchasi xavfsiz turistik xizmatlar ko'rsatish bo'yicha sertifikatlashtirishdan o'tishi mumkin.
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi bo'yicha ilk mehmonxonaga sertifikat berildi
Xavfsiz turizm xizmatlarini ko'rsatish orqali sayyohlar salomatligini ta'minlashga qaratilgan “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi doirasida tadbirkorlik sub'ektlariga qarashli turizm industriyasi ob'ektlarida sertifikatlashtirish ishlari olib borilmoqda. Toshkent shahrida joylashgan “Qushbegi Plaza Hotel” mehmonxonasi birinchilardan bo'lib xavfsiz turizm xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha sertifikatlashtirishdan o'tdi.
Poytaxtdagi kanal va katta ariqlar boʻyini aholi uchun ochiq va xavfsiz sayr hududiga aylantirish taklif qilindi
- Poytaxtdagi davlat idoralariga tegishli binolardan samarali foydalanish masalasiga ham eʼtibor qaratildi
- Qichqiriq mahallasidagi oʻzgarishlar yaxshi natija bergani aytildi
- Toshkentning 12 ta tumani boʻyicha 9 milliard dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan
- Muhandislarning yangi avlodini yetishtiradigan innovatsion maskan
- Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi
Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muloqoti Buxoroda davom etadi
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi
- Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi