Velosiped yoki ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs ham mastlik boʻyicha tekshirilishi mumkinmi?

    Haydovchi mastlik holati boʻyicha tekshiruvdan boʻyin tovlasa, 1 yil-u 6 oydan 3 yilgacha muddatga transportni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.

    Haydovchi mastlik holati boʻyicha tekshiruvdan boʻyin tovlasa, 1 yil-u 6 oydan 3 yilgacha muddatga transportni boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 4 mln 950 ming soʻm miqdorida jarimaga tortiladi.

    Xuddi shunday huquqbuzarlik transportni boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 9 mln 900 ming soʻm miqdorida jarima yoki 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllaniladi.

    Mazkur huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi BHMning 3 baravari (990 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.