Tomonlar diqqat markazida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻldi.

Uchrashuvda oziq-ovqat va salqin ichimliklar ishlab chiqarish boʻyicha qator qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda yangi loyihaviy tashabbuslarni hayotga tatbiq etish istiqbollari muhokama etildi. Muzokaralar mavzusidan elektroenergetika, kimyo mahsulotlari, toʻqimachilik, elektrotexnika va qurilish materiallari ishlab chiqarish masalalari oʻrin oldi. Ikki mamlakat oʻrtasida Sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlash maqsadida qoʻshma Ishchi guruh tuzish masalasi kelishib olindi.

Suhbat chogʻida tomonlar Oʻzbekiston bilan Vyetnam oʻrtasida investitsiyalar va soliq sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirishga oʻzaro tayyorligini bildirdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.