Juma kuni mamlakat “Tyangun”, koinot stansiyasi bortida noyob tajribani boshlaydi, uning maqsadi Oy tuprog'idan qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoniyatini sinab ko'rishdan iborat.
Uxan viloyatidagi Xuachjun universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan prototip g'ishtlar yuk raketasida orbitaga yuboriladi. Oy tuprog'ining xususiyatlariga ega bazalt namunalari koinot muhitida sinab ko'riladi.
“Biz materialni koinotga joylashtiramiz va ekstremal sharoitlarda uning mustahkamligi va xususiyatlari qanchalik yomonlashishini sinab ko'rish uchun uni o'sha yerda qoldiramiz”, deb tushuntirdi Xuachjun universiteti professori Chjou Chen.
Oy juda noqulay muhitga ega: uning sirt harorati Selsiy bo'yicha +180 dan -190 darajagacha o'zgarib turadi va atmosferaning yo'qligi uni fazoviy nurlanish va mikrometeoritlarga nisbatan zaif qiladi. Bundan tashqari, tuproqdagi silkinishlar – “Oy silkinishlari” – tuzilmalarni zaiflashtirishi mumkin.
G'ishtlarni ishlab chiqish Chane-5 missiyasi tomonidan yuborilgan oy tuproq namunalarini tahlil qilishga asoslangan. Natijada qora g'ishtlar oddiy erdagi g'ishtlarga qaraganda uch baravar mustahkamroq bo'lib chiqdi. Bundan tashqari, ular bir-biriga bog'lovchi materiallardan foydalanmasdan ulanishi mumkin.
Shuningdek, olimlar kelajakdagi qurilish ishlari uchun Oy tuprog'idan obyektlarni qurishga qodir bo'lgan “Oy o'rgimchagi” deb nomlangan 3D-printer-robotni ham ishlab chiqishdi. “Kelajakda biz Yerdan qurilish materiallarini tashimaslik uchun faqat mahalliy resurslardan foydalanishni rejalashtiryapmiz”, dedi Chjou.
Tajriba uch yil davom etadi, namunalar tahlil qilish uchun har yili Yerga qaytariladi. Oy tuprog'idan foydalanish nafaqat qurilish jarayonining narxini sezilarli darajada kamaytiradi, balki Yerning tabiiy yo'ldoshiga yuklarni yetkazib berish bilan bog'liq ko'plab qiyinchiliklarni bartaraf etadi, deb xabar beradi hi-tech.mail.ru.