“Chanchjen-7” raketa-tashuvchisi Venchan kosmodromidan uchirildi. Uchirish mahalliy vaqt bilan 22:27 da amalga oshirildi, deya xabar beradi “Sinxua”.

Xitoyning “Tyangun” orbital stansiyasi taxminan 400 kilometr balandlikda joylashgan. Uning xizmat qilish muddati taxminan 10 yil. Stansiya uch kishiga mo'ljallangan.

T shaklidagi majmuaning massasi 66 tonna, hajmi 10 kubometrni tashkil qiladi. Orbital inshoot 2022-yilda doimiy asosda ishlay boshlagan, deb xabar beradi mir24.tv.