Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

  • 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
  • 2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan boʻyicha oʻtkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirigʻi va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga koʻchirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.