Bu haqda poytaxt savdo va xizmat koʻrsatish departamenti rahbari Aleksey Nemeryuk maʼlum qildi, deb xabar beradi Vesti axborot agentligi. Departament rahbarining izohlashicha, bayram albatta nishonlanadi, lekin bir muncha kamtarroq shaklda. Uni 31-dekabr va 1-yanvar kunduz kunlari nishonlash mumkin ekan.
Moskva shahar merining qaroriga kelsak esa, unda: shahar OTM va kollejlaridagi talabalari masofaviy oʻqishga oʻtishi;
oʻquvchilarning transportda foydalanadigan kartalari vaqtincha bloklanishi;
jamoat ovqatlanish va koʻngil ochar joylarida mijozlarga xizmat koʻrsatishni soat 23-00 dan ertalab soat 06-00gacha taʼqiqlanishi;
teatr, kinoteatr va konsert zallaridagi tomoshabinlar soni koʻpi bilan zal sigʻimining 25 foizidan oshmasligi;
sport tadbirlari esa faqatgina Moskva sport departamenti va Rospotrebnadzorning Moskva boʻyicha boshqarmasi ruxsati bilan oʻtkazilishi belgilangan.
Shuningdek, masofadan dars oʻtish rejimiga oʻtgan oʻquvchi va talabalarga uy rejimiga rioya qilish tavsiya etiladi.
Binolarda joylashgan kunduzgi bolalar oromgohlarining, bolalar dam olish, madaniy hordiq chiqarish markazlarining faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi.
Bu chegaralanishlar joriy yil 13-noyabridan kuchga kirib, kelgusi yil 15-yanvarigacha davom etar ekan.