“23 bedarak yo'qolganlar bilan aloqa o'rnatish politsiya uchun ustuvor vazifa bo'lib qolmoqda va biz imkon qadar tezroq turli usullardan foydalangan holda ishlayapmiz”, deyiladi politsiya bayonotida.
Shuningdek, o'tgan kun davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 443 ta profilaktika tadbiri o'tkazilgani ma'lum qilindi. So'nggi 24 soat ichida o'g'irlik haqida 15 ta, avtomashina olib qochish bo'yicha 2 ta xabar kelib tushdi, dedi politsiya.
Yangi Zelandiyada tropik siklon oqibatida kamida 11 kishi halok bo'ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma'lumotlariga ko'ra, suv bosgan aholi punktlaridan 10 mingdan ortiq odam xavfsiz joylarga ko'chirilgan, deyiladi aif.ru saytida.