Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi koʻp qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalarni aniqlash tadbirlarini poytaxtimizning Yangihayot tumanida davom ettirmoqda.
Tumanning “Yangi turmush” MFYda joylashgan “Megapolis bilding” MCHJ tomonidan 2021-yil qurib bitkazilgan koʻp qavatli uyning mansarda qismida mulkdorlar tomonidan noqonuniy ravishda qoʻshimcha “uy” qurilgan.
Mazkur uyga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining bir necha bor ogohlantirishlari ham mulkdorlarni ushbu fikrdan qaytarmagan.
Ayni paytda mulkdorlarga nisbatan maʼmuriy chora koʻrilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun ichida bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma berildi.