Oʻtkazilgan sayyor uchrashuvda 87 nafar mahalliy tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, 62 nafari murojaat qilishdi. Ularning muammolari atroflicha koʻrib chiqildi va taalluqliligi boʻyicha mutassaddilar tomonidan oʻrganildi.
Tadbirda tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosan imtiyozli kredit, yer maydonlari ajratilishi, subsidiya masalalari, investor topish, patent olish, fors major holati, debitor qarzdorliklarni undirish masalalari yuzasidan qilingan murojaatlarning 30 tasi (48 %i) joyida hal etildi, qolgan 32 ta murojaatlarni hal etish yuzasidan 1 kun muddat ichida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilib, tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralarga yoʻnaltirishga kelishildi.
Shuningdek, mutassaddi tashkilotlar bilan birgalikda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar kesimida tizimli ravishda chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.