Fargʻona xalqaro aeroportida mehmonlarni viloyat hokimining oʻrinbosari – viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi Iqboljon Ergashev va boshqa masʼullar kutib oldilar.

Bugun Fargʻona shahridagi viloyat teatr-konsert saroyida yaponiyalik ishbilarmonlar hamda fargʻonalik tadbirkorlar ishtirokida biznes-uchrashuv va B2B muzokaralar boʻlib oʻtadi. Shuningdek, mahalliy hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishadilar. 

Fargʻona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar loyihasi amalga oshirilayotgan hududda yaponiyaliklar uchun ushbu shaharcha hamda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasi taqdimoti oʻtkaziladi.