Bu haqda «Dunyo« AA xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 252-qaroriga muvofiq mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi va Migratsiya agentligi tomonidan jasadni Vatanga qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, marhumaning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari hamda turmush oʻrtogʻiga aviachiptalar xarid qilishda amaliy yordam koʻrsatildi.

Elchixona konsullik xodimi tomonidan vafot etgan fuqaroning jasadini reysga topshirishdagi tashkiliy ishlarda koʻmak koʻrsatilib, ushbu reys bilan Oʻzbekistonga qaytayotgan oila aʼzolarini aeroportda kuzatib qoʻyildi.