Bu haqda France 24 axborot agentligi Osakadagi Kitano tibbiy tadqiqot instituti shifoxonasi og'iz bo'shlig'i jarrohligi bo'limi boshlig'i Katsu Takaxashiga tayanib yozmoqda.
Uning jamoasi oktabr oyida Kioto universiteti shifoxonasida klinik sinovlarni boshladi. Katta yoshli ko'ngillilarga yashirin tishlarning o'sishini rag'batlantirish uchun eksperimental antitanachalarga asoslangan dori vositasi berilmoqda. Olimlar tushuntirganidek, odamlarda faqat ikkita tish to'plami (sut va doimiy) o'sadi. Biroq, Katsu Takaxashining so'zlariga ko'ra, tishlarning uchinchi avlodining “harakatsiz” kurtaklari tish go'shti ostida yashiringan.
Tishlarni protezlash (kariyes, kasallik yoki shikastlanish oqibatida yo'qolgan) katta xarajatni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Tabiiy tishlarni tiklash arzonroq bo'ladi va bemor uchun kamroq noqulaylik tug'dirishiga yapon olimlarining ishonchi komil. Olti yoki undan ortiq doimiy tishlari yo'qolgan bolalarga yordam berish stomatologlar oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi.
Sichqonlar va sassiqko'zanlar ustida sinovning birinchi bosqichi 11 oy davom etdi. Taklif etilayotgan preparat intrauterin sensibilizatsiya (USAG-1) bilan bog'liq, tish o'sishini bostiradigan gen-1 oqsilini o'chiradi. USAG-1 ning boshqa oqsillar bilan o'zaro ta'sirini bloklash suyak morfogenetik oqsili (BMP) signalini rag'batlantiradi, bu esa yangi suyak shakllanishiga olib keladi. Bu sichqonlar va sassiqko'zanlarning og'iz bo'shlig'ida yangi tishlarning yuzaga kelishiga olib keldi, ular odamlar bilan deyarli bir xil USAG-1 xususiyatlariga ega, deb xabar beradi rbc.ru.