Xususan, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi A.E.N.ga qarashli ohak ishlab chiqarish syexi tabiiy gaz hisoblagichisiz, tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 7 mlrd 56  mln so‘m (4 mln 704 ming metr kub) zarar yetkazganligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 23 ming 520 ta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.