Yil boshidan buyon ikki viloyatda quyoshdan 411 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

    Xabaringiz bor, Samarqand va Navoiy viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan boʻlgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan edi.

    Ushbu elektr stansiyalarda 2022-yil boshidan bugungi kunga qadar:

    -411 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;

    -buning natijasida 124 mln kub metr gaz tejalishiga erishildi;

    -164 ming tonna atmosferaga zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.

    Maʼlumot uchun, ushbu hajmdagi elektr energiyasi qariyb 140 mingta xonadonning bir yillik isteʼmolini tashkil qiladi.