“Yurak kasalliklarining yuzaga kelish sabablari har xil. Biroq bemorlar oʻzlariga odatiy boʻlib qolgan jismoniy harakatlar kamayib qolgani – dam olish chogʻidagi qisqa muddat ichida ularda hansirash yuzaga kelishiga eʼtibor qaratishadi”.
Koʻkrak qafasida yonish hissi, koʻkrak orqasidagi ogʻriq, shuningdek ogʻirlik hissi yurakdagi muammolardan darak berishi mumkin. Mutaxassislar jismoniy harakat paytida, misol uchun ogʻir koʻtarganda, zinadan koʻtarilayotganda, tez yurganda yoki yugurganda ham alomatlar yuzaga kelishini taʼkidlashdi. Odatda bunday ogʻriqlar oʻn daqiqalik dam olish paytida yuzaga keladi.
Mazkur alomatlar issiq xonadan tashqariga chiqilgan paytda oʻzini namoyon etadi. Kasallikning ogʻir bosqichlarida yurak yetishmovchiligining belgilari: dam olish paytida hansirash, oyoqda shish, holsizlik, vazn ortishi, arterial qon bosimining tushishi yuzaga kelishi mumkin, deyiladi mir24.tv saytida.