“1 vatanda, 1 vaqtda, 1 masofaga, 1 maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida 3 kilometr masofaga yugyrish boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqada har bir shaharda 2 ming nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilyapti.

– “Yangi nafas” yugurish musobaqasi nafaqat aholi orasida sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini keng yoyish, odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish, jipslashtirishga, balki yildan yilga ommaviylashib borayotgan salomatlik tadbirlarining darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz, – deydi Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi masʼul xodimi Kamoliddin Roʻzamuhammedov. – Avvallari yurtimizda marafon yoki yugurish musobaqalari bitta hududda tashkil etilgan boʻlsa, bu safargi ommaviy sport tadbiri bir paytning oʻzida 8 ta shaharda oʻtkaziladi. Barchasida yugurishga bir vaqtda start berilishi musobaqaning nufuzini, uning qamrovini belgilaydi. Mamlakatimizda shu sohaga ixtisoslashgan mutaxassislarning yangicha formatda ishlash koʻnikmasini oshiradi.