Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 5-avgustdagi qarori manmun-mohiyatini yoritish va tushuntirishga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirda Adliya vazirligining hududiy xizmat ko'rsatishni tartibga solish boshqarmasi boshlig'i F.Zaripov, Advokatlar palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig'i M.Rahimov ushbu qarorning mazmun-mohiyati haqida chiqish qildi, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Anjumanda ta'kidlanganidek, advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish istagini bildirgan shaxs “Litsenziya” axborot tizimi yoki YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkinligi, litsenziyalar 10 ish kuni ichida elektron shaklda murojaat qiluvchiga etkaziladi. Bundan tashqari, litsenziya olish jarayonida advokatlik byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun kompozit xizmat ko'rsatiladi.

“Litsenziya” axborot tizimida litsenziyalarning elektron reestri (reyestri) yuritilib, advokatning litsenziyasi to'xtatib turilgan yoki tugatilganligi haqidagi ma'lumotlar ham aks ettiriladi. Ushbu yangi tartib bilan advokatlik byurosini ro'yxatdan o'tkazishda ham qulayliklar yaratish, O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun va boshqa hujjatlarga o'zgartirishlar kiritishlarga atroflicha to'xtalib o'tildi.

Hasan Abdunazarov