Bu yil kamida 100 ming yosh IT va chet tiliga oʻqitiladi
Yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara toʻlamasligi belgilandi.
Yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara toʻlamasligi belgilandi.
Bu borada Raqobat qoʻmitasining masʼuliyati belgilandi.
Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.
Yigʻilishda bu yildan tumanlarda servisni rivojlantirish boʻyicha yangicha yondashuv boʻlishi aytildi.
24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini 1 mingtaga koʻpaytirish mumkin.
Mutasaddilarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish boʻyicha qaror ishlab chiqib, kiritish topshirildi.
Oxirgi uch yilda 3 mingta koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi, 38 million kvadrat metr noturar joylar paydo boʻldi.
Nukus tumanida oʻtgan yili 363 milliard soʻmlik xizmatlar koʻrsatilib, 22 foizga oʻsgan. Lekin aholisi undan 2 baravar koʻp boʻlgan Guliston tumanida xizmatlar hajmi Nukus tumanida...
Ichimlik suvi, kanalizatsiya va yoʻl qurilishida bunday loyihalar deyarli yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.
Servisni rivojlantirish boʻyicha vazir va hokimlarda yondashuv har xilligi, birgalikda ishlash yoʻlga qoʻyilmagani koʻrsatib oʻtildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.