Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko odamlarni mobil telefonlarni deb simli telefon tarmoqlaridan voz kechmaslikka chaqirdi, chunki mobil telefonlar ma'lumotlar sizib chiqiga moyil.
Litva Tashqi ishlar vazirligi kontrabandachilarning meteozondlari bilan bog'liq hodisalar yuzasidan Belarusga norozilik notasini yubordi va chegarani “keyingi xabarnomagacha” yopayotganini e'lon qildi.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning fikricha, Amerika Tomahawk qanotli raketalarining Ukrainaga yetkazib berilishi Rossiya-Ukraina mojarosini hal eta olmaydi. Uning ta'kidlashicha, AQSh Prezidenti Donald Trampning bu harakati yadro urushiga olib kelishi mumkin.
Forumda Oʻzbekiston va Belarus mamlakatlaridan 30 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda 60 dan ortiq kasbiy taʼlim muassasalari rahbarlari boshchiligidagi 100 dan ziyod delegatsiya ishtirok etdi.
Besh nafar askar Norvegiya shimolidagi Finnmark hududida o'tkazilgan mashg'ulotlardan belgilangan vaqtda qaytib kela olmadi. Qidiruv operatsiyasi davom etmoqda, deb xabar berdi VG.
Bu tavsiyalar ikki davlat o'rtasidagi chegaradagi vaziyatning keskinlashuvi va polyaklarning o'zboshimchalik bilan hibsga olinishi bilan bog'liq, deb xabar qildi Polshaning Minskdagi elchixonasi.
Polsha Rossiya-Belarus “G'arb-2025” mashg'ulotlariga javoban Belarus bilan chegarada 40 ming askarini joylashtiradi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri o'rinbosari Sezariy Tomchik Polsat News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Joriy yil 3-sentyabrda Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida “Oʻzbekiston – Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusida Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumining yalpi majlisi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forum doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Vitebsk shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.