Bugun Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi bilan uchrashdi.
«Ishonchli va doʻstona muloqot davomida joriy yilning aprel oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammitiga koʻrilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalarini muhokama qildik.
Janob Klaar ayollarning huquqiy himoyasi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarimizni qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Shuningdek, u Oʻzbekiston oʻzining boy tarixini asrab-avaylashini eʼtirof etib, bu doimo gʻurur va milliy oʻzlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kerakligini taʼkidladi," — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida.