Tomonlar diqqat markazida iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarining dolzarb masalalari boʻldi.
Investitsiyaviy hamkorlikda izchil oʻsish kuzatilyapti. Bugungi kunda Oʻzbekistonda Yevropa sarmoyalari ishtirokida 997 ta korxona faoliyat yuritib kelyapti. Shu bilan birga, oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud. Shu nuqtayi nazardan, tomonlar geologiya, energetika va kimyo sanoati sohalarida avval kelishilgan loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlarini atroflicha muhokama qildilar. Yangi qoʻshma sarmoyaviy tashabbuslarni oʻzaro asosda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrishga tayyorlik bildirildi.
Suhbat chogʻida 2024-2025-yillarga moʻljallangan qoʻshma tadbirlar rejasi va asosiy tashkiliy masalalar ham kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro munosabatlarning muhokama etilgan barcha yoʻnalishlari boʻyicha faol hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga sobit qolishlarini bildirildilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.